Ispaniya Yevropa Ittifoqi va Isroil o‘rtasidagi kelishuvni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Pedro Sanchez ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Madrid bu masalani 21-aprel kuni YI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ko‘tarishni rejalamoqda. Sanchez bayonotni Andalusiyadagi mitingda aytdi. Uning fikricha, xalqaro huquq yoki YI tamoyillarini buzayotgan hukumat ittifoq bilan hamkor bo‘la olmaydi. Avvalroq u Isroil bosh vaziri Benjamin Netanyahuni G‘azo sektoridagi harakatlar uchun keskin tanqid qilgan edi.
YI va Isroil o‘rtasidagi assotsiatsiya kelishuvi 1995-yildan beri amal qiladi. Unda inson huquqlariga rioya qilish majburiy shart sifatida belgilangan.
Oldinroq Ispaniya, Sloveniya va Irlandiya tashqi ishlar vazirlari YI diplomatiya rahbari Kaja Kallas ga maktub yo‘llab, Isroil ushbu shartlarni buzayotganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, ekspertlar tashabbus tezda qabul qilinmasligini aytmoqda. Chunki kelishuvni bekor qilish uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat roziligi kerak.
Qaynoq24.uz To‘qayev Isroil prezidentiga maktub yo‘llagani haqida yozgan edi.

