Rubio 26-may kuni Armanistonga tashrif buyuradi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh davlat kotibi Marko Rubio 26-may kuni Armanistonga boradi. U Yerevanda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan uchrashadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi. Muzokaralardan keyin AQSh va Armaniston o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Rubio va Mirzoyan matbuot uchun bayonot beradi.

Armaniston TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv 26-may kuni Yerevanda o‘tkaziladi. Tomonlar muzokaralar yakunlari va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari haqida jurnalistlarga ma’lumot beradi.

Rubioning tashrifi Yerevan va Moskva munosabatlari keskinlashgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. DW yozishicha, bu holat may oyidagi Armaniston va Yevropa Ittifoqi sammitidan keyin kuchaydi. Rossiya tomoni Yerevanning Yevropa bilan yaqinlashuvini tanqid qilgan.

Moskva vakillari Armanistonning tashqi siyosiy yo‘nalishi o‘zgarayotganini aytmoqda. Rossiya rasmiylari buni o‘z manfaatlariga zid qadam sifatida baholagan. Shundan keyin Rossiya Armanistondan ayrim mahsulotlar importiga cheklovlar qo‘ydi. Xususan, gul, “Jermuk” mineral suvi, meva-sabzavot va ayrim alkogol mahsulotlari bilan bog‘liq tekshiruvlar boshlangan.

Rubioning Yerevanga tashrifi AQShning Janubiy Kavkazdagi diplomatik faolligi oshayotganini ko‘rsatadi. Armaniston so‘nggi yillarda G‘arb bilan aloqalarni kengaytirishga urinmoqda. Shu bilan birga, mamlakat Rossiya bilan tarixiy va iqtisodiy bog‘liqlikni ham saqlab keladi.

The Guardian yozishicha, Armaniston hozir Sharq va G‘arb o‘rtasidagi yangi geosiyosiy yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Yerevan o‘z hududini mintaqaviy savdo va transport aloqalari uchun muhim ko‘prikka aylantirishni istaydi.

Qaynoq24.uz Pashinyan samolyoti Moskva aeroportiga qo‘na olmagani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.