25-may kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 25-may kuni ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ushbu hududlarda momaqaldiroq ham kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol kuchayadi. Ayrim joylarda uning tezligi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 25–30 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26–28 darajani tashkil etadi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ob-havo beqaror bo‘ladi. Bu joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, momaqaldiroq va do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida u 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15–20 daraja bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 24-may kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.