Sirdaryoda 2,9 mlrd so‘mlik kredit talon-toroj qilindi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Sirdaryo viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik kredit talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Departamentning Boyovut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqarolardan biri noqonuniy sxema tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi. Tergovga ko‘ra, U.B. ismli shaxs uch nafar fuqaro nomiga korxonalar rasmiylashtirgan. Ular “B.A.” va “O.F.” MChJlari hamda “A.” fermer xo‘jaligi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mazkur tuzilmalar orqali tijorat bankidan chorva mollari xaridi uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. Biroq olingan pullar maqsadli ishlatilmagan.

Aniqlanishicha, kredit hisobiga sotib olingan chorva mollari naqd pulga sotib yuborilgan. Shu tariqa jami 2,9 mlrd so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rishton tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Natijada 164,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan. Bag‘dod tumanida esa yakka tartibdagi tadbirkor noturar binosida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 134,7 mln so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlangan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.