Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor Play11C smartfoni taqdim etildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Smartfonning boshlang‘ich narxi 1299 yuan yoki taxminan 190 dollar etib belgilangan. Bu versiya 4/128 GB xotira bilan taqdim etiladi. 6/128 GB variant esa 1499 yuan yoki 220 dollar atrofida baholanmoqda.
Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessori asosida ishlaydi. Bu chip kundalik foydalanish uchun yetarli unumdorlikni ta’minlaydi. Ekran qismi 6,75 dyuymli IPS paneldan iborat. Uning aniqligi HD+ darajasida bo‘lib, 90 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa interfeysda silliq ishlashni ta’minlaydi.

Honor Play11C 5300 mAh sig‘imli batareya bilan jihozlangan. U 15 W quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa uzoq ishlash muddatini ta’minlaydi, ammo zaryad tezligi yuqori emas. Kamera tizimi oddiy darajada. Asosiy kamera 13 MP bo‘lsa, old kamera 5 MP qilib belgilangan. Qurilma kundalik suratga olish va videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan.
Smartfon qutidan MagicOS 9.0 tizimi bilan chiqadi. Korpus qalinligi 7,89 mm, vazni esa 186 grammni tashkil etadi. Yangi model arzon narx, katta batareya va oddiy texnik xususiyatlari bilan budjet segmentda foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
Qaynoq24.uz Honor 600e smartfoni qanday imkoniyat bilan chiqishi haqida yozgan edi.

