O‘zbekistonda 24-may kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq ham kuzatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning boshqa hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda uning tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati kunduzi 22–27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq ehtimoli ham bor. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Ba’zan 12–14 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24–26 daraja bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq va do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Ushbu hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Tog‘li hududlarda harorat 13–18 daraja iliq bo‘ladi.
Qaynoq24.uz dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida beqaror ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

