2026-yilning yanvar–aprel oylarida 24 176 nafar xorijiy fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Eng ko‘p tibbiy turizm oqimi qo‘shni davlatlardan kuzatilgan. Davolanish uchun kelgan xorijliklarning asosiy qismi Tojikiston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida Tojikistondan 14 034 nafar fuqaro O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan. Qirg‘iziston fuqarolari soni 5 891 nafarni tashkil etgan. Qozog‘istondan esa 2 807 nafar fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida kelgan.
Shuningdek, Afg‘onistondan 896 nafar, Rossiyadan 473 nafar fuqaro O‘zbekistonga davolanish uchun tashrif buyurgan. Boshqa davlatlardan kelganlar soni 75 nafar bo‘lgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda eng ko‘p korxona savdo sohasida faoliyat yuritayotgani haqida yozgan edi.

