22-may kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

22-may kuni O‘zbekistonda ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, mamlakatning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi bor.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Ayrim paytlarda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 28-33 darajagacha ko‘tariladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroq shamol kuchayadi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va do‘l kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 21-may kuni O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.