OnePlus 16 smartfonining narxi oshishi mumkin

Foto: OnePlus
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

OnePlus kompaniyasining yangi flagmani — OnePlus 16 smartfonining Xitoy bozoridagi taxminiy narxlari internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaning 8 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega boshlang‘ich versiyasi 4 999 yuan, ya’ni qariyb $740 turishi mumkin.

Narx

OnePlusClub manbasining xabar berishicha, smartfonning 12/256 GB xotirali varianti 5 499 yuanga yoki taxminan $815 ga, 12/512 GB versiyasi esa 5 999 yuanga yoki $888 ga baholanishi kutilmoqda. Cheklangan miqdorda chiqarilishi aytilayotgan 16 GB tezkor va 1 TB ichki xotirali model narxi 7 499 yuan, ya’ni qariyb $1,11 mingni tashkil etishi mumkin. Bu safar 24 GB tezkor xotirali versiya chiqarilmasligi taxmin qilinmoqda.

Foto: Gizmochina

Yangi model narxlari avvalgi avlodga nisbatan sezilarli darajada oshishi mumkin. Masalan, OnePlus 15 smartfonining 12/256 GB versiyasi Xitoyda 3 999 yuan, 12/512 GB varianti esa 4 299 yuandan sotuvga chiqarilgan edi. OnePlus 16 ning xuddi shunday xotirali modellari mos ravishda 1 ming va 1,7 ming yuanga qimmatlashishi mumkin. Manba narxlarning oshishini so‘nggi bir yil ichida xotira komponentlari qiymati ko‘tarilgani bilan izohlamoqda.

Texnik xususiyatlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 16 smartfoni 2 nanometrli texnologiya asosida ishlab chiqarilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessori bilan jihozlanadi. Qurilmaga 1,5K aniqlikdagi, yangilanish tezligi 185 Gts gacha yetadigan 6,78 dyuymli tekis OLED displey o‘rnatilishi mumkin. Akkumulyator sig‘imi qariyb 9 000 mA·soat bo‘lishi aytilmoqda.

Smartfonning asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor, 50 megapikselli ultra keng burchakli kamera hamda 3,5 karra optik yaqinlashtirish imkoniyatiga ega 50 megapikselli periskop teleobyektivdan iborat bo‘lishi kutilmoqda.

OnePlus avvalroq Shimoliy Amerika va Yevropada yangi mahsulotlarini sotuvga chiqarmasligini bildirgan edi. Shuningdek, OnePlus 16 Hindiston bozorida ham taqdim etilmasligi mumkin. Hozircha smartfonning narxlari va texnik xususiyatlari kompaniya tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Qaynoq24.uz OnePlus 16 9000 mA/soatli batareya olishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.