O‘zbekiston Markaziy banki 21-noyabr kuni amal qiladigan xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi.
AQSh dollari 32,84 so‘mga qimmatlab, 12 004,48 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa rasmiy dollar kursi yana 12 ming so‘mlik chegaradan oshdi.
Yevro va funt arzonladi
Yevro kursi 4,71 so‘mga pasayib, 13 155,71 so‘m etib belgilandi. Britaniya funt sterlingi esa 27,62 so‘mga arzonlab, 15 721,07 so‘mni tashkil etdi.
Rossiya rubli 0,23 so‘mga qimmatlab, 146,56 so‘mga yetdi. Shveysariya franki kunning eng katta o‘sishlaridan birini qayd etdi — uning kursi 45,73 so‘mga oshib, 14 252,02 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, Yaponiya iyenasi 0,71 so‘mga qimmatlab, 75,58 so‘m, Xitoy yuani esa 1,55 so‘mga oshib, 1 797,29 so‘m etib belgilandi.




