O‘zbekiston Markaziy banki 20-noyabrdan amal qiladigan xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. AQSh dollari kursi 8,72 so‘mga pasayib, 11 971,64 so‘mni tashkil etdi.
Yevro qimmatlashdi
Yevro kursi aksincha 26,35 so‘mga oshib, 13 160,42 so‘mga yetdi. Rossiya rubli ham 0,71 so‘mga qimmatlab, 146,33 so‘m etib belgilandi.
20-noyabrdan boshqa asosiy valyutalar kursi quyidagicha bo‘ladi: Britaniya funt sterlingi — 15 748,69 so‘m, 15,07 so‘mga arzonladi.
Yaponiya iyenasi — 74,87 so‘m, 0,29 so‘mga pasaydi. Shveysariya franki — 14 206,29 so‘m, 8,66 so‘mga arzonladi. Xitoy yuani — 1 795,74 so‘m, 1,44 so‘mga pasaydi.




