Qaynoq24 Telegramda kuzating

O‘zbekistondagi pul belgilaridagi barcha yozuvlar lotin alifbosida bo‘lishi belgilanmoqda

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda banknot va tangalardagi barcha yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi. Bu Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan pul belgilariga oid yo‘riqnomada nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, banknotlarda ularning seriyasi va raqami, nominal qiymatining yozma ifodasi, ularni barcha turdagi to‘lovlar uchun qabul qilish majburiyligi hamda qalbakilashtirish uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

Pul dizaynida tarix va milliy qadriyatlar aks ettiriladi

Pul belgilarining dizaynida O‘zbekiston tarixi, milliy madaniyati va qadriyatlari, buyuk allomalar hamda mamlakat yutuqlarini aks ettiruvchi tasvirlardan foydalaniladi.

Banknot va tangalar inson salomatligi uchun xavfsiz xomashyodan tayyorlanishi va zamonaviy himoya belgilariga ega bo‘lishi kerak.

Banklar naqd pulni birinchi talabda beriși shart

Yo‘riqnomada fuqarolar va tadbirkorlarning naqd pul olish huquqi kafolatlangan.

Banklar mijozlarning hisobvaraqlaridagi mablag‘lar doirasida naqd pul olishga bo‘lgan talabini birinchi talabdayoq uzluksiz qondirishi lozim. Shuningdek, muomaladagi naqd pullarni nominal qiymati bo‘yicha hech qanday to‘siqsiz qabul qilishi kerak.

Banklar mijozlarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini va bankomatlardagi pul aylanmasini muntazam tahlil qilib boradi. Naqd pul yetishmovchiligi kutilsa, qoshimcha mablag‘ jalb qilish choralari ko‘riladi.

Pulni boshqa nominalga bepul almashtirish mumkin

Markaziy bank va tijorat banklari fuqarolar talabiga binoan bir nominaldagi pul belgilarini boshqa nominaldagi banknot yoki tangalarga hech qanday to‘lov va vositachilik haqisiz almashtirib beradi.

Bundan tashqari, yangi banknot yoki tangalar muomalaga chiqarilishidan kamida bir hafta oldin bu haqda aholiga axborot berilishi shart.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.