Mirziyoyev: so‘nggi yillarda 13 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ishga tiklangan

Foto: Samijon Juraqulov
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda ularning mehnatkashlar huquqlarini himoya qilishdagi rolini alohida ta’kidladi. So‘nggi yillarda noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan 13 mingdan ortiq fuqaro o‘z ish joyiga qaytarilgan.

Shuningdek, kasaba uyushmalari 500 mingga yaqin xodimning huquqlarini himoya qilgan. Ularning foydasiga 267 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ undirilgan. Ish jarayonida tan jarohati olgan 1 ming nafar ishchiga esa 35 mlrd so‘m tovon puli to‘lab berilgan.

Prezident Mirziyoyev uchrashuvda 2021-yilda tashkil etilgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi faoliyatiga to‘xtalgan. Uning bitiruvchilari mamlakatda mehnat huquqlarining ishonchli himoyachilariga aylanishini ta’kidladi.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, kasaba uyushmalari tizimi O‘zbekistonda ijtimoiy adolat, mehnat xavfsizligi va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.