O‘zbekistonda oltin narxi ilk bor 8,8 mln so‘mga yetdi

Foto: Investopedia
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

17-oktabr kuni Markaziy bank O‘zbekistonda oltin narxining yangi tarixiy cho‘qqiga chiqqanini ma’lum qildi. Birinchi marta 5 grammli oltin quymasining narxi 8,8 mln so‘mdan oshdi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi 1,76 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi kunga nisbatan 63 ming so‘mga yuqori.

Yangi narxlarga ko‘ra, 10 grammli quyma 17,6 mln so‘m, 20 grammli 35,2 mln so‘m, 50 grammli esa 88 mln so‘m turadi. Eng yirik — 100 grammli oltin quyma narxi 176 mln so‘mga yetgan.

Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘sishning sababi jahon bozoridagi narxlarning keskin ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Xalqaro bozorda oltinning bir unsiyasi narxi $4 367 ga yetdi — bu ham tarixiy rekord hisoblanadi.

Analitiklar bu jarayonni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo qarama-qarshiligining kuchayishi, shuningdek, AQSh hukumati faoliyatidagi vaqtinchalik to‘xtash (shatdaun) bilan izohlashmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri so‘nggi yillarda 13 mingdan ortiq o‘zbekistonlik ishga tiklangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.