Toshkentda ikki nafar soliq inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Ekran tasviri
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida Yunusobod tumani soliq inspeksiyasining ikki nafar inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Holat DXX Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida aniqlangan. Shundan so‘ng DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki inspektor o‘zaro til biriktirgan. Ular xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi” AJdan uchta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilgan.

Soliq inspektorlari tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MChJni ochiq savdo tenderida g‘olib qilishni aytgan. Shuningdek, do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.

Buning evaziga ular tadbirkordan $5 ming talab qilgan. Tezkor tadbir davomida inspektorlar so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz «Soliq Mobile» orqali 3,2 mlrd so‘m talon-toroj qilinganlar aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.