Toshkent shahri markazida shoqol paydo bo‘ldi

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

20-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent markazida, Darxon hududida shoqol ko‘ringani haqidagi videolar va suratlar tarqaldi. Anhor.uz nashrining yozishicha, tasvirlar qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va aholida xavotir uyg‘otgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yirtqich hayvon turar joylar orasida aylangan, ayrim ekofaollar esa uning bir necha mushukka hujum qilganini ma’lum qilgan. Aholi taxminicha, shoqol qurilish ishlari tufayli tabiiy yashash joyidan chiqib ketgan bo‘lishi yoki xususiy hayvonot bog‘idan qochgan bo‘lishi mumkin.

Rasmiy idoralar hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. Shu bilan birga, fuqarolardan vahimaga tushmaslik, hayvonga yaqinlashmaslik va mutaxassislar yetib kelishini kutish so‘ralmoqda. Ular shoqolni xavfsiz ushlab, shahar tashqarisiga chiqarib yuborish bilan shug‘ullanadi.

Shoqol haqida qisqacha

Foto: Pressa.uz telegram kanali

Shoqol — yirtqich, lekin odatda odamlar bilan to‘qnash kelishdan saqlanadigan hayvondir. Ular asosan tunda harakat qiladi va mayda hayvonlar, qushlar yoki o‘lik jonzotlar bilan oziqlanadi. Biroq tabiiy yashash joylarining qisqarishi, qurilish ishlari yoki oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli ba’zan shoqollar aholi yashaydigan hududlarga kirib qoladi. Bu esa ularning odamlar va uy hayvonlariga yaqinlashishiga sabab bo‘ladi.

Shoqolning eng katta xavfi — kasalliklar, ayniqsa quchish (quduzlik) virusi bilan bog‘liq. U tishlash yoki chizish orqali odamga yuqishi mumkin. Shuningdek, ular mushuk, tovuq yoki kichik chorva hayvonlariga hujum qilib, ularni o‘ldirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda shoqollar tomonidan odamga hujum holatlari ham qayd etilgan, ammo bunday holatlar juda kam uchraydi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.