Selena Gomes va Benni Blanko to‘ylaridan keyin ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

Foto: Selena Gomes instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes hamda musiqiy prodyuser Benni Blanko nikohdan so‘ng ilk bor omma oldida birga paydo bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Juftlik sentabr oxirida o‘tgan to‘ylaridan keyin o‘tgan shanba kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Kino akademiyasi muzeyi gala kechasiga tashrif buyurgan.

Foto: shutterstock

Tantanali tadbirda Selena uzun qora baxmal libos va yaltirab turgan toshlar bilan bezatilgan dekolte kiyimda namoyon bo‘ldi. U paltosini yelkalariga tashlab, yorqin lab bo‘yog‘i bilan obrazini to‘ldirdi. Benni Blanko esa baxmal kostyum, ko‘k ko‘ylak va oltin aksessuarlar bilan chiqdi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.