Smartfon bozori turlicha modellarga ega. Ularni xarid qilishda kamera va texnik imkoniyatlarini hisobga olish shart. Qaynoq24 nashri 2025-yilning eng yaxshi kameraga ega smartfonlari beshligini e’lon qiladi.
1. Samsung Galaxy S25 Ultra

Samsung‘ning yangi flagmani Galaxy S25 Ultra o‘zining ilgari surilgan kamera tizimi bilan ajralib turadi. Asosiy kamera 200 MP, unga qo‘shimcha ravishda 50 MP periskop (5x optik zum), 10 MP telefoto (3x zum) va 50 MP ultra-keng burchakli kamera o‘rnatilgan. Ushbu modelda ProScaler va harakatni aniqlovchi algoritmlar yordamida tungi videolarda shovqin kamayadi. Qurilma Dolby Vision 4K 120fps videotasvir, virtual diafragma nazorati va Audio Eraser funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu imkoniyatlar mushakbozlikni tiniq va professional tarzda yozib olishga yordam beradi.
2. Apple iPhone 17 Pro

Apple ilk bor uchta 48 MP kameradan iborat tizimni taqdim etdi: keng burchakli, ultra-keng va ikkinchi avlod tetraprizma tuzilishiga ega telefoto linza. Yangi sensor avvalgisiga qaraganda 56 foiz kattaroq, bu esa tungi kadrlarning yorqinligini oshiradi. iPhone 17 Pro 4K Dolby Vision 120fps videoni, shuningdek 8x optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamera esa 18 MP Center Stage sensor bilan jihozlangan bo‘lib, tungi selfilar uchun ham ideal tanlovdir.
3. Google Pixel 10 Pro XL

Google Pixel 10 Pro XL modeli Tensor G5 chipida ishlovchi eng ilg‘or sun’iy intellektli kamera tizimiga ega. Asosiy kamera — 50 MP, ultra-keng — 48 MP, periskop telefoto — 48 MP (5x optik zum, 100x ProRes Zoom). Old kamera esa 42 MP, 4K 60fps videoni yozadi. Yangi Gemini AI tizimi kadrni joylashtirish, yoritish va rejim tanlash bo‘yicha real vaqtli yordam beradi. Auto Best Take funksiyasi bir nechta suratni birlashtirib, eng ideal natijani yaratadi. Video Boost esa 8K va 4K HDR videolarning tiniqligini oshiradi — tungi mushakbozlik uchun ayni muddao.
4. Vivo X200 Ultra

Vivo X200 Ultra — professional darajadagi fotosuratlar uchun mo‘ljallangan model. U 200 MP HP9 telefoto kamerasi, shuningdek, ikki dona 50 MP Sony LYT-818 sensorga ega. Smartfon 4K 120fps slow-motion, 10-bit Log va 4K time-lapse videoni qo‘llab-quvvatlaydi. Vivo o‘z telefonida ikki tasvir protsessori (VS1 va V3+)ni joylashtirgan, bu esa tasvirni qayta ishlashni tezlashtiradi va tiniqligini oshiradi. Qurilmada fokusni qulflash, zumni sozlash va suratga olishni boshqarish uchun jismoniy tugma ham mavjud.
5. Xiaomi 15 Ultra

Xiaomi 15 Ultra — Leica bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan eng ilg‘or kamerali model. Qurilma 50 MP asosiy 1 dyuymli sensor, 200 MP HP9 periskop kamera hamda ikki 50 MP ultra-keng va suzuvchi telefoto sensorga ega. U 8K videotasvirni yozib, ACES LOG rang profillari orqali kinokadr sifatini ta’minlaydi. Xiaomi 15 Ultra’ga Pro Photography Kit qo‘shilgan bo‘lib, unda fizik obturga tugmasi, aniq zum g‘ildiragi va 2000 mA·soat tashqi batareya tutqichi mavjud — bu haqiqiy mobil kamera tajribasini beradi.
Avvalroq Samsung Galaxy S26 Edge ishlab chiqarilmasligi haqida yozgan edik.


Eng zori ayfon