OpenAI kompaniyasi sun’iy intellektga ega yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etdi. Bu brauzer foydalanuvchiga ChatGPT imkoniyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri internetda ishlatish imkonini beradi.
Atlas brauzerining asosiy afzalliklaridan biri — yon panel orqali ChatGPT’ni darhol ishga tushirish imkonidir. Foydalanuvchi saytlarni ko‘rayotganda ChatGPT o‘sha sahifalarning kontekstini eslab qoladi va kerak bo‘lganda ularni qayta tahlil qiladi.
Yangi brauzer ChatGPT’ga kontentni qisqacha umumlashtirish, tovarlarni taqqoslash, ma’lumotlarni tahlil qilish kabi funksiyalarni bevosita brauzer oynasida bajarish imkonini beradi.
Shuningdek, Atlas yordamida foydalanuvchi ovqat buyurtma qilish, elektron pochtani saralash, yoki boshqa kundalik vazifalarni avtomatlashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ChatGPT Atlas brauzeri sun’iy intellekt asosida foydalanuvchi tajribasini sezilarli darajada o‘zgartirib, internetda ishlashni yanada qulay va interaktiv shaklga olib chiqadi.
Qaynoq24.uz nashri AWS tizimidagi nosozlik sabab Snapchat, Zoom, Duolingo va Roblox tarmoqlarida uzilish sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

