Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Foto: Live Science
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Bugun Afg‘oniston hududida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila markazi Toshkentdan 556 kilometr janubiy-sharqda joylashgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi O‘zbekistonning bir necha hududlarida sezilgan. Surxandaryo viloyatida zilzila kuchi 3 ballgacha yetgan. Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2–3 ball atrofida sezilgan. Toshkent shahrida esa yer silkinishi 2 ballni tashkil etgan.

Episentrda zilzila kuchi 3 ball sifatida qayd etilgan. Tabiiy hodisa oqibatida jabrlanganlar va talafotlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.