O‘zbekistonda ayrim vazirlik va idoralar tuman hokimligi tarkibiga o‘tkaziladi

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Prezidentning 2025-yil 21-oktabrdagi PF–186-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida bir qator respublika ijro etuvchi organlarning tuman (shahar) bo‘linmalari tuman hokimliklari tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Ushbu tajriba boshqaruv tizimini soddalashtirish, hokimliklar faoliyatini samarali va natijadorlikka yo‘naltirilgan tarzda tashkil etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Farmon ilovasiga ko‘ra, tajribada quyidagi 9 ta vazirlik va idora ishtirok etadi:

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
  • Madaniyat vazirligi
  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
  • Yoshlar ishlari agentligi

Mazkur o‘zgarishlar tuman va shahar darajasida boshqaruvni mahalliy ehtiyojlarga yaqinlashtirish, aholi murojaatlariga tezkor javob berish va davlat xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.