Vengriya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni Budapeshtda o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Orban o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozgan:
“Tinchlik sammitiga tayyorgarlik davom etmoqda. Sana hali belgilanmagan, ammo vaqti kelganda biz uni tashkil qilamiz.”
Avvalroq, 16-oktabr kuni Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgach, ularning yaqinda Budapeshtda uchrashishga kelishib olganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham Moskva va Vashington “tez orada” yangi sammitga tayyorgarlikni boshlashini tasdiqlagan. Shundan so‘ng Viktor Orban uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha maxsus tashkiliy qo‘mita tuzishni buyurdi.
Agar sammit amalga oshsa, bu Putin va Trampning Trampning ikkinchi prezidentlik davridagi ilk shaxsiy uchrashuvi bo‘ladi.

