Durov Rossiyada gumonlanuvchi sifatida chaqiruv qog‘ozi olganini aytdi

Foto: Durov
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Pavel Durov Rossiyada o‘ziga nisbatan chaqiruv qog‘ozi yuborilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hujjat u 20 yil avval yashagan kvartira manziliga kelib tushgan.

Tadbirkor bu haqda 22 aprel kuni o‘zining ingliz tilidagi Telegram kanalida xabar berdi. Uning yozishicha, chaqiruv qog‘ozi “gumonlanuvchi P.V. Durov” nomi bilan rasmiylashtirilgan.

“Men 20 yil avval yashagan kvartiraga chaqiruv qog‘ozi keldi. Balki meni so‘z erkinligi va shaxsiy yozishmalar maxfiyligini himoya qilganim uchun gumon qilayotgandir. Bunday ‘ayb’ bilan faxrlanaman”, — deb yozgan Durov.

U postiga buyurtma xat haqidagi xabarnomaning bir qismini ham ilova qildi. Biroq rasm orqali xatni kim yuborganini aniqlash imkoni yo‘q.

Ayrim yuristlar ham bu holatga shubha bilan qaramoqda. Ularga ko‘ra, chaqiruv qog‘ozida “gumonlanuvchi” maqomi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi odatiy emas. Shu bilan birga, bunday hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilmagani qayd etilmoqda.

Foto: Durov

“Mediazona” nashri esa xat yuborilgan manbaga e’tibor qaratdi. Durov e’lon qilgan rasmdagi shtrix-kodning ilk raqamlari Donetsk shahriga tegishli bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Rasmiy idoralar hozircha Durovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqlamagan. Shu bilan birga, 2026 yil fevral oyida Durovning o‘zi Rossiyada unga qarshi terrorizmga ko‘maklashish moddasi bo‘yicha ish ochilganini bildirgan edi.

Ayrim Rossiya OAVlari ham shu mazmundagi xabarlarni tarqatgan. Ularga ko‘ra, ayrim jinoyatlar va teraktlarni muvofiqlashtirishda Telegram messenjeridan foydalanilgani ta’kidlangan. Hozircha bu ish bo‘yicha rasmiy bayonotlar berilmagan. Vaziyat ochiq qolmoqda.

Qaynoq24.uz Pavel Durov WhatsApp shifrlashini “firibgarlik” deb atagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.