AstraZeneca O‘zbekistondagi qalbaki dori vositalari haqida bayonot berdi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekiston dorixonalarida sertifikatsiz dori vositalari sotilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, dori vositalarining barqaror yetkazib berilishiga qaramay, mamlakat bozorida noqonuniy ravishda keltirilgan mahsulotlar holatlari hali ham uchramoqda.

“Biz O‘zbekistonda AstraZeneca dorilari barqaror va uzluksiz yetkazib berilayotganini ta’minlayapmiz. Shunga qaramay, ayrim joylarda noqonuniy import va savdo holatlari aniqlanmoqda”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

AstraZeneca soxta dorilarga qarshi kurashish bo‘yicha chora ko‘rayotganini qayd etgan. Kompaniya tartibga soluvchi idoralar hamda tarmoq hamkorlari bilan doimiy muloqot olib borayotganini ham ma’lum qilgan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.