Namanganda 158,7 mln so‘mlik noqonuniy dorixona fosh etildi

Foto: Departament
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Namanganda sifati tasdiqlovchi hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar sotuvga qo‘ygan dorixona fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro I.K. “Iftixor” MFY hududidagi noturar binoda noqonuniy dorixona tashkil etgani aniqlangan. U avval sudlangan bo‘lgan.

Foto: Departament

Mazkur joyda jami 844 turdagi 11 600 quti dori vositalari va tibbiy buyumlar savdoga qo‘yilgan. Ularning umumiy qiymati 158,7 mln so‘mni tashkil etadi. Ma’lum qilinishicha, ushbu mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan. Dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarni nazarda tutadi.

Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Qashqadaryoda tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulki talon-toroj qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.