Qashqadaryo viloyatida tadbirkorga tegishli 2 mlrd so‘mlik alkogol mahsulotlari o‘zlashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tekshiruv o‘tkazdi. Tekshiruv tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasi yuzasidan olib borilgan. Unda “Z.S.” MCHJ qo‘shma korxonasining Qarshi shahridagi omborxona tovarshunosi T.Q. va MCHJ ekspeditori I.G‘. o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.
Ular o‘zlariga ishonib topshirilgan 2 mlrd so‘mlik alkogol mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlangani haqida yozgan edi.

