Markaziy bank tomonidan 23-oktabr uchun oltin quymalarining yangilangan sotuv narxlari e’lon qilindi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 8 mln 117 ming so‘m, 10 grammli — 16 mln 234 ming so‘m, 20 grammli — 32 mln 468 ming so‘m, 50 grammli — 81 mln 170 ming so‘m, 100 grammli oltin quyma esa 162 mln 341 ming so‘m etib belgilandi.
Jadval:
| Quyma og‘irligi | Narxi (so‘mda) |
|---|---|
| 5 g | 8 117 000 so‘m |
| 10 g | 16 234 000 so‘m |
| 20 g | 32 468 000 so‘m |
| 50 g | 81 170 000 so‘m |
| 100 g | 162 341 000 so‘m |
Markaziy bankning ta’kidlashicha, xalqaro qimmatbaho metalllar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz nashri 22-oktanr uchun oltin quymalari narxi haqida yozgan edi.

