10-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: Kontent tayyorlash markazi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 10-iyun kuni ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutlilik kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutlilik kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun issiq bo‘ladi. Bu hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 darajagacha yetadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida uning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 9-iyun ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.