Venesuelada kichik samolyot qulab tushishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi — video

Foto: CCTV
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Venesuelaning g‘arbiy qismidagi Tachira shtatida joylashgan Paramillo aeroportida kichik samolyot halokatga uchradi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi.

Venesuela Fuqarolik aviatsiyasi milliy instituti (INAC) ma’lum qilishicha, halokat yuz bergach, zudlik bilan favqulodda holatlar protokoli ishga tushirilgan va aeroport yong‘in-qutqaruv xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

Video: Ijtimoiy tarmoq

“Zarur protokollar darhol ishga tushirildi, aeroportning aviatsiya yong‘in xizmati voqeaga javob choralarini ko‘rdi,” — deyiladi INAC bayonotida.

Ayni damda samolyot qulashi sabablari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Halok bo‘lganlar hamda samolyot turi haqida hozircha qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.

Qaynoq24.uz nashri Ugandada ikkita avtobus to‘qnashuvi oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.