AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot berdi. Unga ko‘ra, Tehron muzokaralarga qaytadimi yoki yo‘qmi — bu unga ahamiyatsiz.
AQSh rahbari bu fikrni Vashington yaqinidagi Endryus aviabazasiga qo‘ngach jurnalistlarga aytdi. U Eron qaytmasa ham bu holat uni qoniqtirishini ta’kidladi. Shu bilan birga, AQSh rahbari Eronning hozirgi holatini og‘ir deb baholadi. Uning aytishicha, mamlakat “juda yomon ahvolda”.
Avvalroq u Rim papasi Lev XIVni ham tanqid qilgan edi. U pontifikni tashqi siyosatda zaif deb atadi. Tramp Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshi ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Qaynoq24.uz Tramp 6-aprel kuni Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va NATOni tanqid qilgani haqida yozgan edi.

