Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Trampning Budapeshtdagi sammitni bekor qilishi va AQShning yangi sanksiyalarini Rossiyaga qarshi urush e’loni deb atadi.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, AQSh endi Rossiyaning ochiq dushmaniga aylangan.

“Tramp to‘liq ravishda bizga qarshi tomonga o‘tdi. AQSh endi tinchlikni emas, urushni tanladi”, — dedi u.
U, shuningdek, yangi sanksiyalar fonida Tramp Yevropa bilan bir safda turganini aytdi. “Bu qarorlar Rossiyaga qarshi urush harakatlarining bir qismi. Endi Tramp o‘zining aqldan ozgan Yevropasi bilan birlashdi”, — deydi Medvedev.
Ammo u Trampning yangi siyosatida bir ijobiy jihat borligini ta’kidlagan.
“Endi biz Bandera tarafdorlarining bazalariga har qanday qurol bilan zarba berish imkoniga egamiz. Dushmanlarni yo‘q qilish kerak, bo‘lmagan bitimlar haqida emas”, — deya yakunladi Medvedev.
Qaynoq24.uz nashri Tramp Budapeshtda Putin bilan uchrashuvni bekor qilganini tasdiqlagani haqida yozgan edi.

