2026-yildan “A1” haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Hukumatning 676-sonli qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Endi haydovchilikka nomzodlar majburiy o‘quv kurslarini o‘tmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihon topshirish huquqiga ega bo‘ladi. Ular o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn) qatnashishi yoki mustaqil tayyorlanishi mumkin.

Guvohnoma olish uchun haydovchilarni tayyorlash kursini tugatganlik haqidagi hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, “A”, “B”, “C” yoki “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar “A1” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.

Nazariy imtihonda 20 ta animatsion test savollarining kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob bergan nomzod amaliy imtihonga qo‘yiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga “A1” toifali transport vositalarini boshqarish huquqini tasdiqlovchi milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olish istagidagi talabgorlar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.