AQShda UPS samolyoti qulishi natijasida kamida 7 kishi halok bo‘ldi — video

Foto: The Wall Street Journal
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQShda UPS samolyoti qulishi natijasida kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 11 kishi jarohat olgan.

AQShning Kentukki shtatidagi Luisvill shahrida yuk tashuvchi UPS kompaniyasiga tegishli MD-11 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushdi. Manbaga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin, ayrim jarohatlar jiddiy ekani bildirildi.

Video: Ochiq manba

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulagach, yong‘in chiqqan va qora tutun kilometrlar davomida osmonga ko‘tarilgan. Luisvil meri Kreg Grinberg barcha favqulodda xizmatlar hodisa joyiga yetib kelganini aytdi. Hodisa shahar aeroporti yaqinidagi sanoat hududida yuz bergan.

Hozircha samolyot ekipaji holati noma’lum.

Video: Qalampir.live telegram kanali

Federal aviatsiya boshqarmasi va Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) tergovni boshlagan.

“Bizning yurakdan chiqqan hamdardligimiz barcha jabrlanganlarga. Kompaniyamiz xavfsizlikni eng ustuvor vazifa deb biladi,” deyiladi UPS kompaniyasi hodisadan “juda qayg‘uda”, — ekanini bildirgan bayonotida.

Aeroport atrofida havo sifati kuzatilmoqda. Rasmiylar halokat joyidan bir mil radiusda yashovchilarni uylarda qolishga chaqirdi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.