AQSh va Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochishga kelishdi

Foto: shutterstock
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh va Eron Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Kelishuvning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan. Shuning uchun kemalar qachondan erkin harakatlana boshlashi noma’lumligicha qolmoqda. Hormuz bo‘g‘ozi Fors ko‘rfazidan chiqadigan eng muhim dengiz yo‘llaridan biri hisoblanadi. U orqali neft va gaz tashuvlarining katta qismi amalga oshiriladi. Shu sababli uning yopilishi jahon energetika bozoriga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.

NYT ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomoni bo‘g‘ozni boj yoki qo‘shimcha to‘lovlarsiz ochishga rozi bo‘lgan. Buning evaziga AQShning Eronga nisbatan dengiz blokadasi bekor qilinishi, muzlatilgan aktivlarning bir qismi ochilishi va jangovar harakatlar to‘xtashi mumkin. Ayrim masalalar, jumladan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar keyingi bosqichga qoldiriladi.

Shu bilan birga, kelishuv yakuniy hujjatga aylanmaguncha vaziyat noaniq bo‘lib qoladi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio ham Vashington diplomatik yo‘lni sinab ko‘rishini, biroq kelishuv kuchli va samarali bo‘lishi kerakligini aytdi.

Kelishuv haqidagi xabar neft bozorida darhol aks etdi. Brent nefti fyucherslari 25-may kuni pasaydi. Investorlar Hormuz bo‘g‘ozi ochilishi global taklifni ko‘paytiradi, deb kutmoqda. Ammo narxlar tezda urushgacha bo‘lgan darajaga qaytishi kutilmayapti.

Qaynoq24.uz Tramp Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv deyarli muvofiqlashtirilganini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.