O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay xizmatlari ishga tushirilishi mumkin

Foto: Apple
Mohinur Rajabova
0 Daqiqa o‘qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondagi amaliy tashrifi davomida AQShning yirik kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini O‘zbekistonda joriy etish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Bu tashabbus mamlakatda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Loyihalarni moliyalashtirish jarayonida DFC korporatsiyasi hamda AQSh Eksimbanki ishtirok etishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz nashri Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga safari haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.