Toshkent viloyatida qariyb 5 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Foto: DXX
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyatida qariyb 5 kg giyohvandlik moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda. DXX, Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda operatsiyani amalga oshirdi.

Zangiota tumanida, Toshkent katta halqa yo‘liga yaqin yashirin joydan narkokuryerlar qoldirib ketgan 10 dona o‘ram aniqlangan. Tekshiruvda u yerda 4 kg 956 gramm “opiy” moddasining yashirilgani tasdiqlandi. Ushbu modda holislar ishtirokida rasmiy tartibda daliliy ashyoviy sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda giyohvand moddalarni yashirgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.