O‘zbekiston hakamlari noyabr oyidagi Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
19–30 noyabr kunlari Iordaniyaning Aqaba shahrida o‘tkaziladigan AFC U-17 Osiyo Kubogi 2026 saralashining “E” guruhiga Akobir Shukurullaev va Islom Azimov tayinlandi.
22–30 noyabr oralig‘ida Vyetnamning Hanoi shahrida bo‘ladigan “C” guruh o‘yinlarida esa o‘zbekistonlik hakamlar Rustam Choriyev va Baxtiyorkhuja Shavkatov ishlaydi.
OFK Hakamlar akademiyasini tamomlayotgan Rustam Choriyev xalqaro o‘yinda ilk bor faoliyat olib boradi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekiston FIFA reytingida 55-o‘ringa tushgani haqida yozgan edi.

