O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi jazolar kuchaytiriladi

Foto: Pexels.com
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi jazolar kuchaytirilishi belgilandi. Bu haqda prezidentning “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha kompleks choralar” haqidagi PF–207-son Farmonida qayd etildi.

Farmonga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli yangi bo‘lim kiritiladi.

Yangi tartiblar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadigan og‘ir qilmishlarni belgilaydi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • narkojinoiy uyushma tuzish va uni boshqarish, giyohvand moddalarni uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy yoki internet orqali o‘tkazish;
  • giyohvand moddalarni noqonuniy muomalaga kiritishga mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib ko‘maklashish, shuningdek bunday jinoyatlar fosh bo‘lishining oldini olish uchun xabar berish;
  • noqonuniy narko-laboratoriya tashkil etish va uni ishlatish.

Farmonda jamoat joylarida giyohvand modda iste’mol qilganlik uchun yangi ma’muriy jazo ham belgilandi. Endi bunday holat uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi.

Eslatib o‘tamiz, Qaynoq24.uz nashri Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi yangi nizom tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.