O‘tgan besh yilda oshqozon kasalliklari respublika bo‘yicha 1,5 barobar qisqargan

"Markazlar shaxsiy mulk emas, ularning barchasi davlatniki, xalqniki!", — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvidan / Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘tgan besh yilda oshqozon kasalliklari butun respublika bo‘yicha 1,5 barobar qisqargan. Bu haqda prezident va tibbiyot xodimlari uchrashuvida ma’lum qilindi.

Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida deyarli o‘zgarish bo‘lmagan. Yakkabog‘da murojaatlarning 33 foizi, G‘uzorda 29 foizi, Koson va Mirishkorda esa 25 foizi oshqozon-ichak kasalliklariga to‘g‘ri keladi.

Shifokorlarning antibiotiklarni hali ham tartibsiz qo‘llayotgani tanqid qilindi. Tumanlarda shifoxona va poliklinika vrachlariga qaysi dori mumkin va qaysi biri mumkin emasligini o‘rgatish ishlari sust ekani aytildi.

Buyrak kasalliklari ulushi Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Farg‘ona va Andijonda respublika ko‘rsatkichidan 40-50 foiz yuqori. Bu hududlarda ko‘rsatkichlar yillar davomida kamaymayapti. Urologiya markazi va Nefrologiya markazi rahbariyati pastga tushib, profilaktika bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirishi kerakligi qayd etildi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 2026-yildan boshlab tibbiyot xodimlari besh kunlik ish rejimiga o‘tishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.