Nyu-Dehlidagi portlash natijasida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: Shutterstock
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlidagi portlash natijasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Yana 20 kishi jarohat olgani tasdiqlandi.

Portlash 18:52 da ro‘y bergan. Hyundai i20 svetofor oldida to‘xtagan payt birdan portlagan. Atrofdagi mashinalar ham zarar ko‘rgan. Politsiya hodisa sababini aniqlashga kirishdi. Rasmiylar barcha ehtimollar tekshirilayotganini bildirgan.

Foto: Reuters

Portlagan mashinada uch kishi bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Mumbay va Uttar-Pradeshda xavfsizlik kuchaytirildi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi. Rahul Gandi bu xabarni juda og‘ir deb atadi. Hindiston ichki ishlar vaziriga ko‘ra, barcha imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Natijalar jamoatchilikka tez fursatda taqdim etiladi.

Foto: BBC

Guvohlar portlashdan keyin dahshatli manzara yuzaga kelganini aytmoqda. Yong‘in ichida qolganlarga yordam berishga uringanlar bo‘lgan. Hududda ATS, NSG va CRPF xodimlari kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda. Tergov davom etmoqda.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQShda Yamaykaga yordam olib ketayotgan samolyot qulab tushgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.