Microsoft 9 ming xodimga muddatidan oldin ketishni taklif qildi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Microsoft sun’iy intellektga investitsiyalarni oshirish fonida xodimlar sonini qisqartirishni boshladi. Kompaniya AQShda qariyb 9 ming xodimga muddatidan oldin ishdan ketish uchun kompensatsiya taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu dastur kompaniya tarixidagi eng yirik ixtiyoriy qisqartirishlardan biri bo‘lishi mumkin. Takliflar asosan yoshi va ish staji yig‘indisi 70 yilga yetgan xodimlarga beriladi. Shu orqali kompaniya xarajatlarni kamaytirib, sun’iy intellekt loyihalariga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.

Shunga o‘xshash jarayonlar boshqa yirik kompaniyalarda ham kuzatilmoqda. Meta Platforms 8 mingga yaqin xodimni qisqartirishni rejalashtirgan. Bu kompaniya umumiy shtatining taxminan 10 foiziga teng. Shuningdek, yana 6 mingta bo‘sh ish o‘rni yopilishi kutilmoqda.

Nike ham optimizatsiya jarayonini davom ettirib, yana 1,4 ming ish o‘rnini qisqartirishini e’lon qilgan. Kompaniya so‘nggi yillarda talab pasayishi va kuchli raqobat fonida muammolarga duch kelmoqda.

Qaynoq24.uz Meta kompaniyasi 8 ming xodimni qisqartirishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.