Marg‘ilonda 1,6 mlrd so‘mlik gaz talon-toroji aniqlandi

Foto: Energetika vazirligi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik holat aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Nazorat tadbiri komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla bilan ishlash bo‘limi va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “Pichoqchi” MFYdagi Xiyobon ko‘chasida joylashgan “B. B.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilgan.

O‘rganishlar natijasida mazkur obyekt ta’minot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan foydalanib kelgani aniqlangan. Qoidabuzarlik bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 1 mlrd 650 mln so‘mni tashkil etgan. Mazkur holat yuzasidan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Qaynoq24.uz Ohangaronda sifatsiz dorilarning savdosiga urinish fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.