44 ta hududiy elektr tarmoqlari rahbari ishdan olindi

Foto: Unsplash / Anton Dmitriev
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

20 foizdan ortiq yo‘qotish qayd etilgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Topshiriqqa muvofiq, rahbarlar faoliyatidan xulosa chiqarmagan mansabdorlar ishdan olinib, ularning o‘rniga yosh kadrlar tayinlanishi hamda yo‘qotishlarni kamida ikki baravar qisqartirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar belgilandi.

Shundan so‘ng Hududiy elektr tarmoqlari AJda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi chuqur tahlil qilindi. Tekshiruvlar davomida 106 mingdan ortiq transformator punktlari ko‘zdan kechirildi. Ularning 25 mingdan ziyodi ta’mirtalab ekani aniqlanib, hozirda ularni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Yuqori yuklama ostidagi tarmoqlarda simlarni almashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va noqonuniy ulanishlarning oldini olish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi. Shuningdek, energiya yo‘qotishlarini kamaytirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihasini tezlashtirish belgilandi.

Gaz ta’minoti tizimidagi kamchiliklar ham ko‘rib chiqildi. Jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun “Hududgaz Xorazm” filiali rahbarini lavozimdan ozod etish topshirig‘i berildi.

Hududlar kesimida ishdan olingan rahbarlar orasida Andijonda 14 ta, Jizzaxda 7 ta, Samarqandda 10 ta, Qashqadaryoda 4 ta, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘onada esa 2 tadan tuman va shahar elektr korxonalari rahbarlari bor.

Qaynoq24.uz Elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.