FIDE reytingi yangilandi: Abdusattorov va Sindorov Top-5da

Kollaj: ChatGPT
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

FIDE 2026-yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha jahon reytingini yangiladi. Unda O‘zbekistonning ikki nafar grossmeysteri tarixda ilk bor kuchli beshlikka kirdi.

Reytingda Magnus Karlsen 2840 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana egallab turibdi. O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 2780 ochko bilan 4-o‘rinni band etdi. U so‘nggi oyda klassik turnirlarda ishtirok etmagani sabab ochkolari o‘zgarmadi.

Javohir Sindorov esa sezilarli o‘sishga erishdi. U Kiprda o‘tgan nomzodlar turnirida kuchli grossmeysterlarni mag‘lub etib, reytingda 6 pog‘ona ko‘tarildi va 2776 ochko bilan 5-o‘ringa chiqdi. Shu tariqa, O‘zbekiston tarixida ilk bor ikki shaxmatchi bir vaqtning o‘zida top-5dan joy oldi.

Kuchli yuztalikdan yana uch nafar o‘zbekistonlik o‘rin oldi. Nodirbek Yoqubboyev 2689 ochko bilan 40-o‘rinda qayd etildi. Rustam Qosimjonov 2665 ochko bilan 50-o‘rinni egalladi. Shamsiddin Vohidov esa 79-o‘rinda joylashdi.

Ayollar reytingida Afruza Hamdamova 2423 ochko bilan 34-o‘rinni egallab turibdi. Umida Omonova 2357 ochko bilan 88-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoaviy reytingda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2622 ochko bilan 9-o‘rinni egallagan. Ayollar jamoasi esa 2252 ochko bilan 17-o‘rinda qayd etilgan.

Qaynoq24.uz Tramp Eronning JChda ishtirokiga qarshi emasligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.