Ohangaronda sifatsiz dorilarning savdosiga urinish fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departament tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro M.I. 19 turdagi 6 597 dona dori vositalarini sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlandi. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 241,1 mln so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, mazkur dorilar sifati kafolatlanmagan bo‘lib, ularni fuqaro A.B.ga sotish rejalashtirilgan. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot organlari aholini sifatsiz va noqonuniy dorilarni xarid qilmaslikka chaqirmoqda.

Qaynoq24.uz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.