643,2 mlrd so‘mlik budjed mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 643,2 mlrd so‘mlik budjed mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tekshiruvda bir qator davlat idoralari va kompaniyalar mas’ul shaxslari til biriktirgani aniqlangan. Ma’lumotga ko‘ra, holat Shurtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi bilan bog‘liq.

Loyiha doirasida 5,3 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Ushbu xizmatlar QQSdan ozod etilgan bo‘lgan. Shunga qaramay, QQS summalari elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritilgan. Natijada budjedda asossiz QQS mablag‘i hosil qilingan.

Keyin ushbu mablag‘ni “A.” MChJ hisob raqamiga qaytarishga erishilgan. Shuningdek, “S.E.” MChJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzlari yo‘q qilingan.

Departamentga ko‘ra, shu yo‘l bilan 643,2 mlrd so‘mlik budjed mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishni nazarda tutadi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Andijonda “Soliq Mobile” orqali 35,1 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.