Tramp FIFA’dan Eron o‘rniga Italiyani JChga qo‘shishni so‘radi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA’dan jahon chempionatida Eron terma jamoasi o‘rniga Italiyani ishtirok ettirishni so‘radi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Italiyaning tarixiy natijalarini asos qilib ko‘rsatgan. Unga ko‘ra, to‘rt karra jahon chempioni bo‘lgan Italiya turnirda qatnashishga loyiq deb hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, bu tashabbus siyosiy aloqalarni mustahkamlash bilan ham bog‘lanayotgani aytilmoqda. Xususan, Italiya bosh vaziri bilan munosabatlarni yaxshilash maqsadi tilga olingan. Biroq mutaxassislar bunday o‘zgarish amalda imkonsiz ekanini ta’kidladi. FIFA reglamentiga ko‘ra, jahon chempionatiga yo‘llanma faqat sport natijalari asosida beriladi.

Eron terma jamoasi Osiyo saralash bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqaga yo‘llanma olgan. Italiya esa saralashdan o‘ta olmagan. FIFA qoidalarida siyosiy sabablar bilan jamoani almashtirish mexanizmi mavjud emas. Faqat jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanganda jamoalar chetlatilishi mumkin.

Bu borada FIFA prezidenti Gianni Infantino ham o‘z pozitsiyasini bildirgan. U Eron terma jamoasi jahon chempionatida qatnashishini tasdiqlagan.

“Ironlik futbolchilar o‘ynashi kerak. Ular o‘z xalqini ifodalaydi. Futbol siyosatdan ustun turishi kerak”, — degan Infantino.

Qaynoq24.uz Eron 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.