Germaniyada 2 mlnga yaqin aholi tezkor internetdan mahrum

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Germaniyada hali ham 2,2 mlnga yaqin aholi kamida 50 Mbit/s tezlikdagi internetdan foydalana olmayapti. Bu haqda Verivox portali tahliliga tayanib, Welt am Sonntag nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya hukumati barcha aholiga bunday tezlikni 2018-yilgacha ta’minlashni rejalashtirgan edi. Biroq oradan sakkiz yil o‘tgan bo‘lsa-da, bu maqsad to‘liq amalga oshmadi.

Tahlil natijalari mamlakatdagi 96 foiz aholi punktlarida kamida 50 Mbit/s tezlik standartini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, 113 ta hududda vaziyat og‘ir bo‘lib, u yerda qamrov darajasi 10 foizdan oshmaydi. 61 ta hududda esa DSL, kabel yoki optik tolali aloqa orqali bunday tezlik umuman mavjud emas.

Umuman olganda, Germaniyada uy xo‘jaliklarining 97,3 foizi nazariy jihatdan tezkor internetga ulanish imkoniga ega. Biroq qolgan 2,7 foiz aholi zamonaviy aloqa infratuzilmasidan chetda qolmoqda. So‘nggi bir yil ichida internet infratuzilmasi kengayishi atigi 0,72 foiz punktga oshgan. Shuningdek, 50 Mbit/s tezlik bugungi kunda eskirgan standart sifatida baholanmoqda. Telekommunikatsiya sohasi mutaxassislari endilikda 100 Mbit/s tezlikni yangi minimal talab sifatida ko‘rmoqda.

Hududlar o‘rtasidagi tafovut ham sezilarli. Ayrim viloyatlarda hali oddiy internet qamrovi yetarli darajada emas. Boshqa hududlarda esa tezkor internet bilan to‘liq ta’minlangan aholi punktlari mavjud.

Qaynoq24.uz Pavel Durov WhatsApp shifrlashini “firibgarlik” deb atagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.