O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha bitim ma’qullandi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilishga doir shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat 2025-yil 20-may kuni Budapesht shahrida imzolangan.

Hozirgacha ikki davlat o‘rtasida jinoyatchilarni topshirish masalasida alohida kelishuv mavjud emas edi. Yangi bitim 26 moddadan iborat bo‘lib, shaxslarni qanday hollarda, qanday tartibda va qay shartlar asosida bir davlatdan ikkinchisiga topshirish mumkinligini belgilaydi.

Deputatlarning aytishicha, hujjat kuchga kirgach, ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari jinoiy ishlarni samaraliroq tergov qilish, jinoyat sodir etgan shaxslarni jazodan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri geografik obyektlar nomini belgilash tartibi yangilangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.