O‘zbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Foto: Matt Botsford
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda yangi “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Vazirlar Mahkamasi mukofot bo‘yicha tegishli nizomni rasman tasdiqladi.

Qarorga ko‘ra, mukofotga hujjat topshirish, ularni ko‘rib chiqish va nomzodlarni saralash tartibi, shuningdek, tanlovni tashkil etish, o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash jarayonlari batafsil belgilandi.

Nizomga muvofiq, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti bo‘yicha tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

Adabiyot, madaniy meros, teatr va kino, musiqa va raqs, tasviriy va amaliy san’at, moda va dizayn, shuningdek, ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar. Mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish va taqdirlash “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Statuetka va diplom ishlab chiqarish hamda taqdirlash marosimi xarajatlari Madaniyat vazirligiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. 2025 yilgi tanlov tashkilotchiligi va rasmiy veb-saytni yaratish xarajatlari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan moliyalashtiriladi.

Mukofot statuetkasi va diplom loyihalarini “Kelajak merosi” kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri O‘zbekistonda aholining umr ko‘rish davomiyligi oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.